Home
Categories
EXPLORE
History
Education
Music
True Crime
Comedy
News
Religion & Spirituality
About Us
Contact Us
Copyright
© 2024 PodJoint
Loading...
0:00 / 0:00
Podjoint Logo
UZ
Sign in

or

Don't have an account?
Sign up
Forgot password
https://is1-ssl.mzstatic.com/image/thumb/Podcasts122/v4/c9/d8/79/c9d87992-ab8f-e500-de51-86c46d0d33d4/mza_4906837273837358884.jpg/600x600bb.jpg
Xushnudbek
Xushnudbek
6 episodes
4 days ago
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning podkastlari va boshqa suhbatlari
Show more...
Politics
News
RSS
All content for Xushnudbek is the property of Xushnudbek and is served directly from their servers with no modification, redirects, or rehosting. The podcast is not affiliated with or endorsed by Podjoint in any way.
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning podkastlari va boshqa suhbatlari
Show more...
Politics
News
Episodes (6/6)
Xushnudbek
Xorazm ishi va adolatsiz hukm: pedofil amaldorlarga nega yengil jazo berilgan?

Ushbu videoda Xorazm viloyatida oilaviy mehribonlik uyidagi 3 nafar qiz o'zgalar bilan jinsiy aloqa qilishga majburlangani, o'sha majburlaganlar orasida esa Xorazm viloyati adliya boshqarmasi boshlig'i hamda Yangiariq tumani Favqulodda vaziyatlar bo'limi boshlig'i ham borligiga oid voqea haqida gaplashamiz.

Va men ularga nisbatan berilgan jazo adolatsiz deb hisoblayman.

Kanalimizga obuna bo'lish: 👉 http://bit.ly/Xushnudbek

Show more...
2 years ago
26 minutes 14 seconds

Xushnudbek
Openbudget tilanchilikmi? 10 ta savolga javob

"Tashabbusli byudjet" shu kunlarda eng ko‘p muhokama qilinayotgan mavzulardan biri.

Mazkur loyihani qo‘llab-quvvatlayotganlar ham, uni keskin tanqid qilayotganlar ham yetarlicha topiladi.

Bugungi videoda shu haqida gaplashamiz va aholining eng asosiy eʼtirozlari bo‘yicha o‘zimning ayrim fikrlarim bilan o‘rtoqlashmoqchiman.

Kanalimizga obuna bo'lish: 👉 http://bit.ly/Xushnudbek

Show more...
2 years ago
55 minutes 33 seconds

Xushnudbek
Arab bilan musulmonning farqiga yetishimiz kerak — Muftiy Nuriddin domla hazratlari bilan suhbat

O‘zbekiston Musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla Xoliqnazarov bilan suhbat qurdik.

Suhbatimiz davomida Haj va Umra ziyorati, undagi navbatlarda yuzaga keladigan korrupsiyaviy holatlar, diniy ta’lim, imom va domlalar atrofidagi gap-so‘zlar, yangi masjidlar ochish va boshqa mavzularda so‘z bordi.

Kanalimizga obuna bo'lish: 👉 http://bit.ly/Xushnudbek

Show more...
2 years ago
1 hour 58 minutes 30 seconds

Xushnudbek
“Dok-1 Maks” oqibatida vafot etgan bolalar: sabablar va oqibatlar haqida

Iqtisodchi Behzod Hoshimov va jurnalist Muhrim A’zamxoʻjayev bilan “Dok-1 Maks” oqibatida vafot etgan bolalar va farmatsevtika tizimi haqida suhbatlashdik.  Suhbatimiz davomida soʻnggi kunlarda ushbu dorini ichish oqibatida hayotdan koʻz yumgan 19 nafar bola, bunga nima sabab boʻlgan, farmatsevtika tizimi qanday ishlashi boʻyicha soʻz bordi.

Show more...
2 years ago
1 hour 23 minutes 3 seconds

Xushnudbek
Nega gaz va elektr ko’p o’chyapti? — Otabek Bakirov bilan suhbat

Iqtisodchi va bloger Otabek Bakirov bilan shu haqida suhbat qurdik.

Suhbatimiz davomida bugungi kundagi gaz va elektr energiyasi bilan bogʻliq holat, buning sabablar va yechimlar hamda qilinishi lozim boʻlgan ishlar haqida soʻz bordi.

Show more...
2 years ago
1 hour 30 minutes 24 seconds

Xushnudbek
O'zbekiston va Qirg'iziston sulhi: Kampirobod suv ombori kimga o'tdi?

Shartnomalarning asosiy mazmuni:

1️⃣ o‘zbek-qirg‘iz Davlat chegarasining 35 ta uchastkadagi umumiy uzunligi 302,29 km bo‘lgan chizig‘i belgilandi. Bunda 10 ta aholi punktini almashish yuzasidan Qirg‘izistonning 429 gektar yeri O‘zbekistonga berilmoqda. Qirg‘izistonga esa 10 ta aholi punktini almashish yuzasidan O‘zbekistonning vodiy viloyatlari hududidan 294 gektar yer berilmoqda.

2️⃣ O‘zbekistonga 4 ming 957 gektardagi Andijon suv ombori hududi hamda to‘g‘onga xizmat ko‘rsatish va uni muhofaza qilish uchun qo‘shimcha 19,5 gektar yer maydoni o‘tkaziladi, yaʼni suv ombori to‘liqligicha O‘zbekiston hududida bo‘ladi. Qirg‘izistonga esa kompensatsiya tarzida 1 ming 19 gektar yaylov yerlari beriladi;

3️⃣ Qirg‘izistonga Andijon suv omborining qurilmay qolgan Kampirobod chap qirg‘oq kanali uchun “G‘ovasoy” uchastkasidan 12 ming 849 gektar yer maydoni kompensatsiya tarzida beriladi. Bunda, Qirg‘iziston tomoni “G‘ovasoy” daryosining tabiiy oqimiga to‘sqinlik qiladigan gidrotexnik va boshqa inshootlarni qurmaslik, suvning texnik ifloslanishiga yo‘l qo‘ymaslik majburiyatini oladi;

4️⃣ O‘zbek tomoni suv omboridagi suv sathini 900 gorizontaldan yuqori bo‘lmagan sathda ushlab turish, Qirg‘iziston fuqarolarining suv ombori suviga erkin kirishi va undan foydalanishini (hayvonlarga suv berish, sug‘orish, baliq ovlash) taʼminlash, atrofida muhandislik-texnik inshootlarni o‘rnatmaslik majburiyatlarini olgan. Qirg‘iziston tomoni suvni muhofaza qilish zonalari o‘rnatilishi, undan foydalanish rejimiga rioya etilishini taʼminlash majburiyatlarini olgan;

5️⃣ O‘zbekiston tomoni suv omborining xavfsizligini taʼminlaydi, ekspluatatsiya qiladi, texnik xizmat ko‘rsatadi, Qirg‘iziston tomoni bilan kelishilgan limitlar doirasida suv chiqaradi.

❗️Imzolangan shartnomalar natijasida O‘zbekistonda 2,5 million tonna qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va 500 million dollar miqdoridagi mahsulotlarni eksport qilish uchun 8 mingga yaqin fermer xo‘jaliklarini suv bilan uzluksiz taʼminlash imkoniyati paydo bo‘lmoqda.

Va eng asosiysi uzoq yillar davomida doimiy xavotir paydo qilib kelayotgan chegara nizolariga barham berilmoqda. Qayer kimniki ekanligi uzil-kesil hal bo‘lib, ikki davlatning bir-biriga daʼvolariga yechim topildi. Bu albatta, shubhasiz diplomatiyaning katta yutug‘i. Endi boshqa qo‘shni davlatlar Hukumatlari ham shunaqa siyosiy iroda ko‘rsatsa va chegaralarga oid barcha bahsli masalaga nuqta qo‘yishsa, yaxshi bo‘lardi. O‘zbekiston tomoni bunga tayyor va eng ko‘p manfaatdor ham aynan biz. Umid qilamanki, tez orada bu ham bo‘ladi.

Show more...
2 years ago
18 minutes 29 seconds

Xushnudbek
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning podkastlari va boshqa suhbatlari