Home
Categories
EXPLORE
True Crime
Comedy
Society & Culture
Business
Sports
History
Fiction
About Us
Contact Us
Copyright
© 2024 PodJoint
00:00 / 00:00
Sign in

or

Don't have an account?
Sign up
Forgot password
https://is1-ssl.mzstatic.com/image/thumb/Podcasts122/v4/c9/d8/79/c9d87992-ab8f-e500-de51-86c46d0d33d4/mza_4906837273837358884.jpg/600x600bb.jpg
Xushnudbek
Xushnudbek
6 episodes
3 days ago
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning podkastlari va boshqa suhbatlari
Show more...
Politics
News
RSS
All content for Xushnudbek is the property of Xushnudbek and is served directly from their servers with no modification, redirects, or rehosting. The podcast is not affiliated with or endorsed by Podjoint in any way.
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning podkastlari va boshqa suhbatlari
Show more...
Politics
News
https://d12xoj7p9moygp.cloudfront.net/images/default-podcast-image.png
O'zbekiston va Qirg'iziston sulhi: Kampirobod suv ombori kimga o'tdi?
Xushnudbek
18 minutes 29 seconds
2 years ago
O'zbekiston va Qirg'iziston sulhi: Kampirobod suv ombori kimga o'tdi?

Shartnomalarning asosiy mazmuni:

1️⃣ o‘zbek-qirg‘iz Davlat chegarasining 35 ta uchastkadagi umumiy uzunligi 302,29 km bo‘lgan chizig‘i belgilandi. Bunda 10 ta aholi punktini almashish yuzasidan Qirg‘izistonning 429 gektar yeri O‘zbekistonga berilmoqda. Qirg‘izistonga esa 10 ta aholi punktini almashish yuzasidan O‘zbekistonning vodiy viloyatlari hududidan 294 gektar yer berilmoqda.

2️⃣ O‘zbekistonga 4 ming 957 gektardagi Andijon suv ombori hududi hamda to‘g‘onga xizmat ko‘rsatish va uni muhofaza qilish uchun qo‘shimcha 19,5 gektar yer maydoni o‘tkaziladi, yaʼni suv ombori to‘liqligicha O‘zbekiston hududida bo‘ladi. Qirg‘izistonga esa kompensatsiya tarzida 1 ming 19 gektar yaylov yerlari beriladi;

3️⃣ Qirg‘izistonga Andijon suv omborining qurilmay qolgan Kampirobod chap qirg‘oq kanali uchun “G‘ovasoy” uchastkasidan 12 ming 849 gektar yer maydoni kompensatsiya tarzida beriladi. Bunda, Qirg‘iziston tomoni “G‘ovasoy” daryosining tabiiy oqimiga to‘sqinlik qiladigan gidrotexnik va boshqa inshootlarni qurmaslik, suvning texnik ifloslanishiga yo‘l qo‘ymaslik majburiyatini oladi;

4️⃣ O‘zbek tomoni suv omboridagi suv sathini 900 gorizontaldan yuqori bo‘lmagan sathda ushlab turish, Qirg‘iziston fuqarolarining suv ombori suviga erkin kirishi va undan foydalanishini (hayvonlarga suv berish, sug‘orish, baliq ovlash) taʼminlash, atrofida muhandislik-texnik inshootlarni o‘rnatmaslik majburiyatlarini olgan. Qirg‘iziston tomoni suvni muhofaza qilish zonalari o‘rnatilishi, undan foydalanish rejimiga rioya etilishini taʼminlash majburiyatlarini olgan;

5️⃣ O‘zbekiston tomoni suv omborining xavfsizligini taʼminlaydi, ekspluatatsiya qiladi, texnik xizmat ko‘rsatadi, Qirg‘iziston tomoni bilan kelishilgan limitlar doirasida suv chiqaradi.

❗️Imzolangan shartnomalar natijasida O‘zbekistonda 2,5 million tonna qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va 500 million dollar miqdoridagi mahsulotlarni eksport qilish uchun 8 mingga yaqin fermer xo‘jaliklarini suv bilan uzluksiz taʼminlash imkoniyati paydo bo‘lmoqda.

Va eng asosiysi uzoq yillar davomida doimiy xavotir paydo qilib kelayotgan chegara nizolariga barham berilmoqda. Qayer kimniki ekanligi uzil-kesil hal bo‘lib, ikki davlatning bir-biriga daʼvolariga yechim topildi. Bu albatta, shubhasiz diplomatiyaning katta yutug‘i. Endi boshqa qo‘shni davlatlar Hukumatlari ham shunaqa siyosiy iroda ko‘rsatsa va chegaralarga oid barcha bahsli masalaga nuqta qo‘yishsa, yaxshi bo‘lardi. O‘zbekiston tomoni bunga tayyor va eng ko‘p manfaatdor ham aynan biz. Umid qilamanki, tez orada bu ham bo‘ladi.

Xushnudbek
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning podkastlari va boshqa suhbatlari