Home
Categories
EXPLORE
Comedy
History
Society & Culture
True Crime
Business
Sports
Health & Fitness
About Us
Contact Us
Copyright
© 2024 PodJoint
Loading...
0:00 / 0:00
Podjoint Logo
GB
Sign in

or

Don't have an account?
Sign up
Forgot password
https://is1-ssl.mzstatic.com/image/thumb/Podcasts122/v4/b6/7e/e4/b67ee4ee-65e8-16b1-633d-d3084dcd1324/mza_13684147599001373747.jpg/600x600bb.jpg
Uzbekonomics
Botir Kobilov
54 episodes
1 month ago
Botir Kobilov va Behzod Hoshimov iqtisod, jamiyat va ular atrofidagi boshqa mavzularda ushbu podkast doirasida suhbat olib boradilar.
Show more...
Education
Science
RSS
All content for Uzbekonomics is the property of Botir Kobilov and is served directly from their servers with no modification, redirects, or rehosting. The podcast is not affiliated with or endorsed by Podjoint in any way.
Botir Kobilov va Behzod Hoshimov iqtisod, jamiyat va ular atrofidagi boshqa mavzularda ushbu podkast doirasida suhbat olib boradilar.
Show more...
Education
Science
Episodes (20/54)
Uzbekonomics
54 - Dollarga nima bo’lyapti? Markaziy bankga tahdid, Tahoe importi va universitetlar maqsadi
Podkastimizning ushbu epizodida ba'zi oxirgi yangiliklar haqida suhbatlashdik. Jumladan, so'm-dollar kursi; universitetlarda kuzgi semestr boshlangani va universitetlarning maqsadi, ayniqsa hozirgi AI zamonida; AQSh Markaziy Banki rahbari ishdan olinishi; O'zbekistonga mashinalar importi va Qozog'iston haqida suhbatlashdik. Podkast yozilgan sana: 27 - Avgust 2025 yil. Podkastimizga hamkorlik takliflaringiz mavjud bo'lsa aloqaga chiqing.
Show more...
2 weeks ago
1 hour 18 minutes 13 seconds

Uzbekonomics
53 - UZIMEI, Zohran Mamdani, kitob senzurasi va aeroportda oyoq kiyimlar
Podkastimizning ushbu epizodida ba'zi yangiliklar haqida suhbatlashdik. Jumladan, Nyu York shahar hokimiga saylovlar, kim Mamdaniga ovoz berdi, UZIMEI, kitoblarga senzura, aeroportda oyoq kiyim yechish talabi bekor qilingani haqida. Podkast yozilgan sana: 10 - Iyul 2025 yil. Podkast epizodi hamkori - aksiyadorlik tijorat banki "AloqaBank". http://www.aloqabank.uz/ https://zoomrad.uz/mobile-app.
Show more...
2 months ago
1 hour 9 minutes 5 seconds

Uzbekonomics
52 - Texas yo'llarida jonli suhbat
Podkastimizning navbatdagi epizodi biroz noodatiy bo‘ldi. Biz suhbatni AQShning Texas shtatida, yo‘lda ketayotib, avtomobilda jonli ravishda yozib oldik. Texasga ilk bor tashrif buyurgan Behzod o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi. Suhbat davomida shtat iqtisodiyoti, nimaga insonlar va korxonalar boshqa shtatlardan Texasga ko‘chayotgani, buning sabablari va xususiyatlari haqida fikr almashdik. Tabiiyki, AQShda hozirda sodir bo‘layotgan jarayonlar, xususan savdo siyosati haqida ham to‘xtaldik. Podkast yozilgan sana: 13 - May 2025 yil.Podkast epizodi hamkori - aksiyadorlik tijorat banki "AloqaBank". http://www.aloqabank.uz/ https://zoomrad.uz/mobile-app.
Show more...
3 months ago
1 hour 39 minutes

Uzbekonomics
51 - Ozodlik kuni (Liberation day)
Shu yilning 2-aprelini Prezident Tramp "Ozodlik kuni" deb e'lon qildi va shu kuni keng ko'lamli tariflarni e'lon qildi. Bu qarorning tarixi, mohiyati, mantig'i va ta'siri haqida gaplashdik. 1930 yillardagi savdo urushini qo'zg'atgan va Buyuk Depressiyani chuqurlashtirgan deb esdan qolgan Smut-Houli paytidan beri mamlakat bunday tariflarni hali boshdan kechirmagan edi. Podkast yozilgan sana: 7 - Aprel 2025 yil.Podkast epizodi hamkori - aksiyadorlik tijorat banki "AloqaBank". http://www.aloqabank.uz/ https://zoomrad.uz/mobile-app.
Show more...
5 months ago
1 hour 36 minutes 46 seconds

Uzbekonomics
50 - O'zbekistonda yo'lovchi tashish sohasi: korxonalar, chiptalar va muammolar
Ushbu epizodda mamlakatimizda havoda va yerda yo'lovchi tashish sohasi, undagi bozorning kichikligi, faoliyat olib boradigan mahalliy, davlat va xorij korxonalari, chiptalar sotuvi, va boshqa mavjud muammolar haqida gaplashdik. Suhbat davomida o'zimiz va boshqalarning tajribalari bilan bo'lishdik.   Podkast yozilgan sana: 23 - Mart 2025 yil. Toshkent shahri. Podkast epizodi hamkori - aksiyadorlik tijorat banki "AloqaBank". http://www.aloqabank.uz/ https://zoomrad.uz/mobile-app.
Show more...
5 months ago
1 hour 27 minutes 47 seconds

Uzbekonomics
49 - O'zbekistonga xitoylik ishbilarmonlar tahdidmi?
Ushbu epizodda O'zbekistonga xorijlik, shu jumladan xitoylik investorlarning kelishi, sarmoya qilishi va tadbirkorlik bilan shug'ullanishlari haqida suhbatlashdik. Nima uchun xitoylik ishbilarmonlar O'zbekistonga tahdid emasligi, bozorimiz kengayishi, raqobat jadallashishi va o'yin qoidalari barchaga bir xil tadbiq etilishi haqida gaplashdik.   Podkast yozilgan sana: 17 - Mart 2025 yil. Toshkent shahri. Podkast epizodi hamkori - aksiyadorlik tijorat banki "AloqaBank". http://www.aloqabank.uz/ https://zoomrad.uz/mobile-app.
Show more...
6 months ago
48 minutes 31 seconds

Uzbekonomics
48 - Axborot assimetriyasi
Ushbu epizodda iqtisodiyot va ijtimoiy fanlarda ko'p ishlatiladigan va biz kundalik hayotimizda ko'p to'qnashadigan holat - axborot assimetriyasi haqida suhbatlashdik. Axborot assimetriyasi bir tomonning (masalan, sotuvchi yoki xaridor) boshqa tomonga qaraganda ko‘proq yoki yaxshiroq ma’lumotga ega bo‘lishi holatini anglatadi. Ushbu nomutanosiblik tufayli bozorlar samarali ishlamay qolishi yoki bir tomon zarar ko‘rishi mumkin. Suhbat davomida nazariya va ko'p misollar keltirildi, masalan, avtomobil bozori, sug'urta, tibbiyot, mehnat bozori, moliyaviy bozorlar. Podkast yozilgan sana: 21 - Dekabr 2024 yil. Toshkent shahri. Podkast epizodi hamkori - aksiyadorlik tijorat banki "AloqaBank". http://www.aloqabank.uz/ https://zoomrad.uz/mobile-app.  
Show more...
8 months ago
1 hour 35 minutes 30 seconds

Uzbekonomics
47 - Donald Tramp prezident. Endi nima bo'ladi?
Bugungi epizodimiz AQShdagi 2024 yilgi prezidentlik saylovi oqibatlari va Donald Tramp prezidentligida nimalarni kutish kerakligi haqida bo'ldi.Podkast yozilgan sana: 23 - Noyabr 2024 yil. Podkast epizodi hamkori - aksiyadorlik tijorat banki "AloqaBank". http://www.aloqabank.uz/ https://zoomrad.uz/mobile-app.
Show more...
8 months ago
2 hours 28 minutes 57 seconds

Uzbekonomics
46 - AQShda 2024 yilgi prezidentlik saylovi va nomzodlarning iqtisodiy dasturlari tahlili
Bugungi epizodimiz AQShdagi 2024 yilgi prezidentlik saylovi haqida bo'ldi.  Epizodda avvalambor AQShda prezidentlik saylovlari qanday ishlashiga to'xtaldik, nimalarga e'tibor berilishi, qaysi shtatlarda ovoz berish boshqalarnikidan ahamiyatliroq ekanligi haqida gaplashdik. Suhbat davomida nomzodlarning iqtisodiy dasturlari haqida batafsil to'xtaldik. Podkast epizodi hamkori - aksiyadorlik tijorat banki "AloqaBank". http://www.aloqabank.uz/ https://zoomrad.uz/mobile-app. Podkast yozilgan sana: 28 - Oktyabr 2024 yil.
Show more...
10 months ago
1 hour 37 minutes 19 seconds

Uzbekonomics
45 - So’m erkinligiga yetti yil bo'ldi
2017 yilning sentyabr oyida o'tqazilgan O'zbekistondagi valyuta islohotiga bu yil roppa-rosa 7 yil bo'ldi. Bu epizodda biz milliy valyutamiz so'm, "valyuta konvertatsiya"si yopiqligi paytidagi va undan keyingi vaziyat haqida suhbatlashdik.Podkast epizodi hamkori - aksiyadorlik tijorat banki "AloqaBank".http://www.aloqabank.uz/https://zoomrad.uz/mobile-app. Podkast yozilgan sana:  Sentyabr 2024.
Show more...
11 months ago
1 hour 11 minutes 21 seconds

Uzbekonomics
44 - Moliya va bank tizimining iqtisodiy rivojlanishdagi o'rni
Ushbu epizod noan'avaniy tarzda, ya'ni Toshkent shahrida jonli yozildi. Muxlis va obunachilar ishtiroki, savol-javob qismi bilan yozildi. Epizodda moliya va bank tizimining ayniqsa rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiy rivojlanishidagi o'rni haqida suhbatlashdik. Podkast yakunida bo'lgan ishtirokchilar bilan savol-javob qismini ham sizlarga havola etamiz. Tadbir tashkilotchisi va ushbu epizod hamkori - aksiyadorlik tijorat banki "AloqaBank".http://www.aloqabank.uz/https://zoomrad.uz/mobile-app. Podkast yozilgan sana: 26 - Iyun 2024.
Show more...
1 year ago
2 hours 23 minutes 1 second

Uzbekonomics
43 - Sanoat siyosatining qaytishi
Oxirgi yillarda sanoat siyosatini davlat tomonidan boshqarilishi bir xil payt esa davlat tomonidan sanoat siyosati ishlab chiqilishi yana modaga qaytdi. Bu moda nafaqat rivojlanayotgan va davlat oʻrni katta boʻlgan mamlakatlarda, balki rivojlangan va bozor iqtisodiyotiga oʻtgan mamlakatlarda ham kuzatilmoqda. Oxirgi bir yilda, AQSh administratsiyasi bir nechta ustuvor yoʻnalishlarda aktiv sanoat siyosatiga qoʻl urushni boshladi, boshqa gʻarbiy Yevropa mamlakatlarida ham siyosatchilar shunday gʻoyalar haqida gapirishmoqda. Bu epizodda biz sanoat siyosatini davlat tomonidan yuritilishini afzallik va kamchiliklari, tarixi, siyosati va hozirgi kundagi qoʻllanilishi haqida gaplashdik. Podkastning ushbu epizodi rasmiy hamkori - aksiyadorlik tijorat banki "AloqaBank". http://www.aloqabank.uz/ https://zoomrad.uz/mobile-app.Podkast yozilgan sana: 28 - May 2024.
Show more...
1 year ago
1 hour 26 minutes 3 seconds

Uzbekonomics
42 - Tadbirkorlik: afsona va haqiqatlar
Bu epizodda biz tadbirkorlik haqida har tomonlama suhbatlashdik. Avvalambor tadbirkorlik faoliyati nima, qanday insonlar tadbirkor bo’lishadi, tadbirkorlarning rag'batlari, tadbirkorlik faoliyatining iqtisodiy o'sishga ta'siri va davlatlar tadbirkorlik faoliyatini rag'batlantirish uchun qilishi kerak bo'lgan va bo'lmagan harakatlar haqida fikr yuritdik. Bundan tashqari, tadbirkorlik faoliyatida uchraydigan muammolar, shu jumladan moliyaviy resurslarga bo'lgan imkoniyat va ularning bozor va davlat tomonidan taqsimoti haqida gaplashdik. Ushbu suhbatda tadbirkorlikning nazariyasi, ba'zi empirik xulosalar, keyslar va tadqiqodlar topilmalari bilan bo'lishdik. Podkastning ushbu epizodi rasmiy hamkori - aksiyadorlik tijorat banki "AloqaBank". http://www.aloqabank.uz/ https://zoomrad.uz/mobile-appPodkast yozilgan sana: 21 - Aprel 2024.
Show more...
1 year ago
1 hour 35 minutes 15 seconds

Uzbekonomics
41 - Aholining o'sishi va iqtisodiy farovonlik.
Odamlar bu boylik. Podkastimizning ushbu epizodida aholi o'sishi, fertillik darajasi va iqtisodiy farovonlik haqida suhbatlashdik va aholi va iqtisodiy o'sish o'rtasidagi dinamikalarni tushunishga harakat qildik. Biz turli iqtisodiy nazariyalarni va O'zbekiston hamda boshqa mamlakatlardagi kuzatishlarni tahlil qilib, qanday qilib aholi sonining ko'payishi yoki kamayishi bir mamlakatning iqtisodiy farovonligiga ta'sir etishi mumkinligini muhokama qildik. Shu bilan birga, rivojlangan mamlakatlarda fertillik darajasining nima uchun pasayib borayotganini va buning sabablari haqida taxminlar yuritdik va ularning ortida yotgan iqtisodiy, va ijtimoiy omillarni ko'rib chiqdik.Podkastning ushbu epizodi rasmiy hamkori - aksiyadorlik tijorat banki "AloqaBank". http://www.aloqabank.uz/https://zoomrad.uz/mobile-appPodkast yozilgan sana: 28 - Mart 2024.  
Show more...
1 year ago
1 hour 40 minutes 51 seconds

Uzbekonomics
40 - Shahar ichidagi universitetlar, xususiy universitetlar nazorati va amaliyotchilar maoshi
Ushbu epizodda uchta, lekin o'zaro bog'liq bo'lgan mavzular haqida suhbatlashdik va munozara qildik: 1) Nima uchun universitetlar shaharlar ichida bo'lishi kerak? 2) Xususiy universitetlar ko'payishi nima uchun yaxshi jarayon va ularning sifatiga kim yaxshiroq baho bera oladi? 3) Mehnat bozorida amaliyot o'tayotgan stajyorlar uchun ish beruvchilar maosh to'lashlari kerakmi yoki bepulga ishlashlari to'g'rimi? Ish beruvchi davlat bo'lsa yoki xususiy biznes bo'lsachi? Tinglang, tomosha qiling va albatta ulashing! Podkast yozilgan sana: 22 - Fevral 2024. Podkastning ushbu epizodi rasmiy hamkori - aksiyadorlik tijorat banki "AloqaBank". http://www.aloqabank.uz/ https://zoomrad.uz/mobile-app  
Show more...
1 year ago
1 hour 41 minutes 52 seconds

Uzbekonomics
39 - Proteksionizm (yana), o'zbekistonlik ishchilarga viza masalasi va ekologiya (yana) haqida
Ushbu epizodda uchta dolzarb mavzu haqida suhbatlashdik. Proteksionizm haqida yana bir bor munozara qilishga majbur bo'ldik. Ushbu mavju g'arbda ham, O'zbekistonda ham kun tartibida turibdi. Bundan tashqari, oxirgi haftalarda o'zbekistonlik ishchilarga oid ijobiy yangiliklarga to'la bo'ldi - bir qancha mamlakatlarda o'zbekistonlik ishchilarga talab va kvotalar oshayotgani haqida, va umuman o'zbekistonlik fuqarolarga xorij mamlakatlari viza masalasi haqida ham suhbatlashdik. Epizod so'nggi qismida, yana bir og'riqli mavzu - yomonlashib borayotgan ekologiya, suv, havo sifati haqida aynan iqtisodiy nuqtai nazardan suhbatlashdik. Podkast yozilgan sana: 5 - Fevral 2024. Podkastning ushbu epizodi rasmiy hamkori - aksiyadorlik tijorat banki "AloqaBank". http://www.aloqabank.uz/https://zoomrad.uz/mobile-app  
Show more...
1 year ago
1 hour 21 minutes 40 seconds

Uzbekonomics
38 - Yoʻllardagi oʻlimlar: Oʻzbekistonda avtohalokatlar kamayishi uchun jarimalar oshishi kerak.
Bu safardagi podkastimizda, afsuski doim dolzarb boʻlib turadigan mavzu — avtohalokatlar haqida gaplashdik. Asosiy mulohaza yoʻl qoidalariga rioya qilmaydigan insonlarni ragʻbatlari haqida edi. Yaʼni, qanday qilib yoʻllarda avtohalokatlar va haydovchilarni ragʻbatlari bogʻliqligi haqida. Aksar haydovchilar, yoʻl qoidalarini yaxshi bilishadi, lekin shunga qaramay sistematik ravishda buzib kelishadi. Demak muammo haydovchilar haydash guvohnomasini haydashni bilmasdan olishlarida emas, aksincha, bilib turib qoida buzishlarida. Muammo axborot yoʻqligida emas, amal yoʻqligida. Oddiy misol: qizil chiroqda yurmaslik, piyodalarni oʻtkazib yuborish, yoki 120 km/soat tezlikda shahar ichida yurmaslik kerakligini bilmaydigan haydovchi yoʻq. Lekin nima uchun, shunday qoidabuzarliklar juda koʻp va ularni natijasida minglab vatandoshlarimiz halok boʻlishmoqda. Bu fojialarni qanday kamaytirish mumkin? Shu haqida bu podkastda fikr almashdik. Tinglang, fikr bering va bu muhim mavzuga befarq boʻlmang. Chunki yoʻllardagi oʻlimlar, haqiqatdan fojiaviy darajada.Podkast yozilgan sana: 23 - Noyabr 2023
Show more...
1 year ago
1 hour 19 minutes 15 seconds

Uzbekonomics
37 - Immigratsiya - inson kapitalini oshirishga rag’bat
Ushbu sonda, istalgan mamlakatdan malakali insonlar chet elga vaqtincha yoki butunlay chiqib ketishlari nima uchun meynstrimda ko'pincha aytilganidek o'sha mamlakat uchun qo'rqinchli darajada muammo emasligi haqida suhbatlashdik. Suhbat asosida yaqinda chiqqan tadqiqot va avvalgi tadqiqotlar bo'ldi. Mavjud tadqiqotlarda asosan malakali insonlar chiqib ketishini aynan o'sha malakali insonlarga yoki mezbon mamlakatlarga ta'sirlari ko'rsatilgan. Bugungi suhbatda biz uning kengroq - immigratsiya jozibadorligi insonlarda ilm, malaka va hunarlarni o'zlashtirishga rag'bat beradi va natijada mahalliy ishchi bozorda malakali insonlar ko'payadi degan fikr haqida gaplashdik.  Tadqiqot nomi: "The IT Boom and Other Unintended Consequences of Chasing the American Dream", by Gaurav Khanna and Nicolas Morales Podkast yozilgan sana: 16 — Oktyabr, 2023
Show more...
1 year ago
1 hour 2 minutes 43 seconds

Uzbekonomics
36 - Prezident bilan uchrashuv taassurotlari
Maxsus son. Podkast yozilgan sana: 19 — Sentyabr, 2023
Show more...
1 year ago
32 minutes 59 seconds

Uzbekonomics
35 - Kapital bozor turlari: ommaviy va xususiy (public vs private markets)
Ushbu epizodda avvalgi suhbatimizni davom ettirib, kattaroq mavzu haqiga suhbatlashdik. Ya’ni, kapital bozorning ikki turi - ommaviy va xususiy bozorlar (public and private markets), ularning farqi, funksiyalari, ikkala bozordagi kapitalning tadbirkorlarlikka o'rni, investorlarning kutilmalari haqida suhbatlashdik. Podkast davomida kapital bozorning mamlakat iqtisodiy o'sishga ta’siri, va kapital bozor qanday sharoitlarda rivojlanishi haqida ham suhbatlashdik. Podkast yozilgan sana: 5 — Avgust, 2023
Show more...
2 years ago
56 minutes 26 seconds

Uzbekonomics
Botir Kobilov va Behzod Hoshimov iqtisod, jamiyat va ular atrofidagi boshqa mavzularda ushbu podkast doirasida suhbat olib boradilar.