Home
Categories
EXPLORE
True Crime
Comedy
Society & Culture
Business
Sports
Technology
Health & Fitness
About Us
Contact Us
Copyright
© 2024 PodJoint
Podjoint Logo
US
00:00 / 00:00
Sign in

or

Don't have an account?
Sign up
Forgot password
https://is1-ssl.mzstatic.com/image/thumb/Podcasts126/v4/08/a7/1d/08a71d76-bdc5-d0e5-eda6-4024217bc077/mza_12987320622663564763.jpg/600x600bb.jpg
Lolazor Podcast
Otabek Bakirov, Muhrim A'zamxo'jayev, Qobil Xidirov, Xushnudbek Xudayberdiyev, Lazizbek Hamidov
53 episodes
1 week ago
Different views on surrounding realities
Show more...
Society & Culture
Comedy,
News,
Improv,
News Commentary
RSS
All content for Lolazor Podcast is the property of Otabek Bakirov, Muhrim A'zamxo'jayev, Qobil Xidirov, Xushnudbek Xudayberdiyev, Lazizbek Hamidov and is served directly from their servers with no modification, redirects, or rehosting. The podcast is not affiliated with or endorsed by Podjoint in any way.
Different views on surrounding realities
Show more...
Society & Culture
Comedy,
News,
Improv,
News Commentary
Episodes (20/53)
Lolazor Podcast
#53 YEVROPAGA VIZA OSONLASHADI, LOTINGA-KU OʻTYAPMIZ, LEKIN YOMGʻIR YOʻQ, YOMGʻIR. Lolazor podcast
Qatorasiga bir necha marta mehmonli sonlar o‘tkazgandan so‘ng o‘zimiz suhbatlashishga qaror qildik. Lolazor podkastining 53-sonida biz turli mavzularda gaplashdik, xususan, Yevropaga viza masalalari osonlashishi, sun’iy intellekt va undagi o‘zbek tili, 1000KITOB’ning uzoq kutilgan kitoblari, Yevropada skuterlarga haydovchilik guvohnomasi olish tartibi haqida gap bordi. Va albatta, deyarli an’anaga aylanganidek, bu safar ham alifboni ham unutmadik.
Show more...
1 week ago
1 hour 28 minutes 7 seconds

Lolazor Podcast
#52 OLDINGI VA HOZIRGI ADABIYOT, O‘ZBEK TILI VA BUGUNGI JAMIYAT – ULUG‘BEK HAMDAM. Lolazor podcast
Lolazor podkastining 52-sonini ham mehmon bilan o‘tkazishga qaror qildik. Bu safargi mehmonimiz yozuvchi va tarjimon Ulug‘bek Hamdam. Biz u bilan adabiyot, she’riyat, yozuvchi va mualliflar, o‘zbek adabiyoti va o‘quvchisining hozirgi holati, zamonaviy yozuvchilar, o‘zbek tili hamda bugungi jamiyatning tashxisi haqida suhbatlashdik.
Show more...
2 weeks ago
2 hours 27 minutes 29 seconds

Lolazor Podcast
#51 AQSHGA TASHRIF, JURNALISTIKA VA KARIMOV DAVRIDAGI FAOLIYAT — SHERZODXON QUDRATXOʻJA. Lolazor
“Lolazor” podkastining navbatdagi sonida O‘zJOKU rektori va Milliy media assotsatsiyasi raisi Sherzodxon Qudratxo‘ja mehmon bo‘ldi. Biz u bilan Prezidentning AQShga tashrifi, hozirgi va avvalgi jurnalistika, Press klub, Islom Karimov va uning davridagi faoliyati hamda boshqa mavzularda suhbatlashdik.
Show more...
4 weeks ago
2 hours 10 minutes 45 seconds

Lolazor Podcast
#50 ISLOM KARIMOV, “HURRIYAT”, ADABIYOT VA FUTBOL — XURSHID DOʻSTMUHAMMAD BILAN SUHBAT — Lolazor podkast
Bu – “Lolazor” podkastining 50-soni. Biz ushbu yubiley songa yozuvchi, jurnalist Xurshid Do‘stmuhammadni mehmon sifatida taklif etdik. Video davomida birinchi prezident davri, u bilan xotiralar, “Hurriyat” gazetasi bosh muharrirlidagi qiziq voqealar, adabiyot va yozuvchilar, futbol va boshqa qiziqarli mavzularda suhbatlashdik. Bu safargi sonning yana bir e’tiborli jihati shundaki, ushbu sonda barcha rezidentlar ishtirok etdi – “to‘y to‘ydek bo‘ldi”.
Show more...
1 month ago
2 hours 33 minutes 3 seconds

Lolazor Podcast
#49 YO‘LLAR, TA’LIM TIZIMIDAGI O‘ZGARISHLAR, IJTIMOIY HIMOYA TIZIMI HAQIDA O‘YLAR – Lolazor podcast
Qisqa tanaffusdan so‘ng “Lolazor” podkasti qaytdi. Bu safar O‘zbekiston yo‘llari, Olmaota va Toshkent infrotuzilmasi, ijtimoiy himoya tizimidagi muammolar, ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar, ismli avtoraqamlar va boshqa dolzarb mavzular haqida suhbatlashdik. Shuningdek, Muhrim A’zamxo‘jayev “gul voqeasi” bo‘yicha rasmiy munosabat berdi.
Show more...
1 month ago
1 hour 58 minutes

Lolazor Podcast
#48 VAZIRLIKLARDA KO‘PROQ VAKOLAT VA MUSTAQILLIK BO‘LISHI KERAK – ODILBEK ISAKOV | Lolazor podcast
Podkastimizning navbatdagi soni mehmoni – “Finasia Capital” konsalting kompaniyasi rahbari, sobiq moliya vaziri o‘rinbosari Odilbek Isakov bo‘ldi. Biz mehmon(lar) bilan UZIMEI, bojlar, banklar transformatsiyasi, iqtisodiy o‘zgarishlar, Isakovning Buyuk Britaniyadagi faoliyati va hayoti haqida suhbatlashdik.
Show more...
2 months ago
2 hours 9 minutes 38 seconds

Lolazor Podcast
#47 TARIX DARSLIGIDA ISLOM KARIMOVNING O‘LIMI HAQIDA NIMA DEYILGAN? – Lolazor podcast
Lolazor podkastining navbatdagi soni maxsus mehmoni – Otabek Bakirov. Biz bu safar tarix, raqamlashtirishdagi muammolar, iqtisodiyot raqobatbardoshligi, shaharda tezlik 80 km/sgacha ko'tarilishi va boshqa qiziqarli mavzularda suhbatlashdik hamda talab va taklif qonuniyatining amaliy misollarda ko'rib chiqdik.
Show more...
2 months ago
1 hour 56 minutes 58 seconds

Lolazor Podcast
#46 IZOHLARGA JAVOBLAR, “ENERGOHANGOMALAR” VA HAFTA MAVZULARI — Lolazor podcast
“Lolazor” podkastining 46-sonida sizlar yozgan izohlarni ko‘proq o‘qishga harakat qildik, shuningdek, xususiy universitetlar, futbol, sun’iy intellekt, podkastdagi ehtimoliy o‘zgarishlar va hokazolar haqida suhbatlashdik. Va albatta, “qadrdon” mavzular – yo‘llardagi muammolar va energetika haqida ham unutmadik.
Show more...
3 months ago
1 hour 15 minutes 50 seconds

Lolazor Podcast
#45 Daraxt kesish, qurilish bozoridagi lobbizm, GPT-qarorlar va yana yo‘llar – Lolazor podcast
“Lolazor” podkastining 45-sonida ko‘plab talab va istaklarga binoan Otabek Bakirov mehmon bo‘ldi. Biz ushbu sonda daraxtlar qadri, qurilish bozoridagi lobbizm va palapartishliklar, tungi iqtisodiyot, AI-80 benzinidan voz kechish, “GPT-qarorlar”, YHXga oid yaxshi/yomon o‘zgarishlar va ko‘plab boshqa mavzularda suhbatlashdik.
Show more...
3 months ago
2 hours 6 minutes 22 seconds

Lolazor Podcast
#44 ROSSIYA-OZARBAYJON, TOSHKENT QURILISHLARI, PREZIDENT VA YOSHLAR – Lolazor podcast
“Lolazor” podkastining 44-sonida Yangi va eski Toshkent, turli hududlardagi qurilishlar, Rossiya va Ozarbayjon o‘rtasidagi ziddiyat, Klublar o‘rtasidagi JCh, IIB xodimlari imidji, Prezidentning yoshlar bilan uchrashuvi va yana ko‘plab boshqa mavzularda suhbat qurdik.
Show more...
4 months ago
1 hour 25 minutes 47 seconds

Lolazor Podcast
#43 O‘ZGA SAYYORALIK YAPONLAR — Lolazor Yaponiyada
Lolazorning navbatdagi soni Yaponiyaning Tokio va Osaka shaharlarida suratga olindi. Unda biz O‘zbekistonning Expo-2025 dagi ishtiroki va noyob paviloni, ikkala yurtni bog‘lab turadigan madaniy rishtalar va yaponlarning nafaqat biz, balki butun dunyodan ilgarilab ketgan jihatlarini muhokama qildik.
Show more...
4 months ago
2 hours 39 minutes 19 seconds

Lolazor Podcast
#42 ELITAR KORRUPSIYA KUCHAYDIMI YOKI MAISHIY KORRUPSIYA? — Lolazor podcast
“Lolazor” podkastining 42-soni mehmoni “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining 2010-2017-yillardagi rahbari Bahodir G‘aniyev bo‘ldi. Bahodir aka bilan “Kamolot” davri, deputatlik saylovidagi o‘yinlar, ta’lim tizimi, davlat ishidagi stresslar, elitar va maishiy korrupsiya, to‘ylardagi isrofgarchilik, Lavrovning hurmatsizligi, bolalar tarbiyasidagi og‘riqli muammolar va yana ko‘plab mavzularda suhbatlashdik.
Show more...
5 months ago
2 hours 15 minutes 8 seconds

Lolazor Podcast
#41 ROSSIYA MULOZIMI BIZGA NIMA QILISHNI O‘RGATISHGA HAQQI YO‘Q — Lolazor podcast
“Lolazor” podkastining 41-sonida O‘zbekiston U-17 terma jamoasining chempionligi, Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning O‘zbekistonga tashrifi, BAA vizasiz rejimni bekor qilishi mumkinligi, Namanganda radarlar yechilayotgani, jamoatchilik nazoratiga intilishimiz kerakligi, xususiylashtirish to‘g‘risidagi dasturning tasdiqlangani va yana boshqa ko‘plab mavzularda suhbat qurdik.
Show more...
6 months ago
1 hour 31 minutes 9 seconds

Lolazor Podcast
#40 BOJLAR BO‘YICHA YANGI NORMALAR, AVIACHIPTALAR MUAMMOSI, PULLIK PARKOVKALAR — Lolazor podcast
“Lolazor”ning 40-soni mehmoni iqtisodchi Behzod Hoshimov bo‘ldi. Behzod bilan tovarlarni bojxona to‘lovisiz olib kirish normalari kuchaytirilayotgani, avia soha muammosi, parkovkalar masalasi, Toshkentdagi o‘zgarishlar, viza hamda migratsiya masalalari va yana ko‘plab mavzularda suhbat qurdik.
Show more...
6 months ago
2 hours 12 minutes 30 seconds

Lolazor Podcast
#39 SHU YANGAMGA SHU POCHCHAM. JARIMALARDAN MAQSAD — FAQAT PUL TUSHIRISHMI? — Lolazor podcast
Uzoq muddatli tanaffusdan so‘ng “Lolazor”ning 4-mavsumini boshladik. Sizlarni sog‘inib qolgan edik. Bugungi sonda biz Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo mamlakatlariga nisbatan munosabatining o‘zgarishi, AQSH prezidenti Markaziy Osiyoning qaysi mamlakatiga tashrif buyurishi mumkinligi, paxta, mashina mavzulari, radarlar, antixitoy isteriyasi va yana ko‘plab mavzularda suhbatlashdik.
Show more...
6 months ago
1 hour 57 minutes 53 seconds

Lolazor Podcast
#38 O‘ZGA SAYYORALIKLAR YERGA KELADI. 2024-YIL YAKUNLARI VA 2025 DAN KUTILMALAR — Lolazor podcast
“Lolazor” podkastining 38-sonida ortda qolayotgan 2024-yilning sarhisobini qildik, yil qaysi sohalar uchun sinovli kelgani haqida suhbatlashdik. Shuningdek, podkast davomida energetikada tarif islohoti, elektromobillarni zaryadlash shoxobchalari, elektroenergiyadagi subsidiyalar, ta’lim tizimi, Dok-1 Maks ishi, 2025-yildan kutilmalar, o'zga sayyoraliklarning Yerga kelishi, Marsga uchish va yana boshqa mavzularga to‘xtalib o‘tildi.
Show more...
10 months ago
1 hour 51 minutes 54 seconds

Lolazor Podcast
#37 KANADA MAKTABLARIDA BOLALARGA JINSIY TA’LIM O‘QITILADIMI? — Lolazor podcast
“Lolazor”ning 37-soni mehmoni Kanadada yashaydigan Farhod Fayzullayev bo‘ldi. Farhod aka bilan Kanadadagi mahalliy saylovlar, ta’lim va tibbiyot tizimi, uy-joy narxlari, soliqlar, u yerdagi o‘zbek diasporasi suhbat qurdik. Shuningdek, podkast davomida O‘zbekistondagi o‘zgarishlar, taksi va yetkazib berish xizmatlari, Yandex bilan bog‘liq muammolar haqida ham so‘z bordi.
Show more...
10 months ago
2 hours 12 minutes 22 seconds

Lolazor Podcast
#36 NARKOTIK MODDALARGA RUXSAT BERISH REJADA BORMI? — Lolazor podcast
“Lolazor”ning bu galgi sonida Prezident Administratsiyasi huzuridagi narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi bo‘lim boshlig‘i Shuhrat G‘ulomov bilan suhbat qurdik. Podkast davomida giyohvand moddalarning zararlari, narkotik moddalar O‘zbekistonga qanday kirib kelishi, “yonayotgan” hududlar, anonim davolash xizmati, o‘rindosh terapiyaning samarasizligi, maktablarda bu ofatning zarari yetarlicha targ‘ib qilinishi kerakligi kabi mavzularda gaplashdik.
Show more...
10 months ago
1 hour 32 minutes 15 seconds

Lolazor Podcast
#35 PAXTANI RASVO QILISHDI — Lolazor podkast
Tanaffusdan so‘ng “Lolazor” yana qaytdi. Podkastimizning bugungi sonida darsliklar ijarasi pullik bo‘lishi yoki pullik bo‘lmasligi, byudjetni tasdiqlash, valyuta bozori, gaz muammosi, paxta mavsumi, parkovkalar bo‘yicha qaror va yana boshqa mavzularda suhbatlashdik.
Show more...
11 months ago
1 hour 25 minutes 1 second

Lolazor Podcast
#34 YASHIRIN IMTIYOZLAR VA YOPIQ QARORLARDAN QACHON QUTULAMIZ — Lolazor podkast
“Lolazor”ning ushbu sonida byudjet masalasi, AQSH O‘zbekistonni JST’ga qo‘shilishini qo‘llab-quvvatlagani, Toshkent metropolitenida bo‘lgan holat, juda ko‘p imtiyozlarning yashirin tarzda berilayotgani, Amerikadagi saylov, propan arzonlashishi va yana ko‘plab mavzularda suhbatlashdik.
Show more...
11 months ago
1 hour 10 minutes 48 seconds

Lolazor Podcast
Different views on surrounding realities