Home
Categories
EXPLORE
True Crime
Comedy
Society & Culture
Business
Sports
Health & Fitness
Technology
About Us
Contact Us
Copyright
© 2024 PodJoint
Loading...
0:00 / 0:00
Podjoint Logo
US
Sign in

or

Don't have an account?
Sign up
Forgot password
https://is1-ssl.mzstatic.com/image/thumb/Podcasts116/v4/ee/59/f0/ee59f0da-f8b6-0435-7755-7f3c69e1a14c/mza_11916943567975547518.jpg/600x600bb.jpg
Befarq Onalar
Qizlar Collective
18 episodes
7 months ago
Befarq Onalar - onalar va ayollar uchun ko’mak va yangi bilimlarga boy podkast. Mo’tabar Xushvaqtova va Maftuna Burkhanova o’zlari kabi qiziquvchan va ona bo’lgan tajribali mutaxassislar bilan suhbat olib boradilar. Loyihaning asosiy maqsadi — onalik yo’lida birlashib, bu yo’lni to’g’ri va osonroq bosib o’tishda ko’maklashish. Instagram: @befaqr_onalar Hamkor bo’lish uchun : qizlar@protonmail.com Qo’llab quvvatlayotgan: Qizlar Collective Musiqa bastalagan: Amalia Ijodkor dizayner: Sofiya Seytkhalil
Show more...
Society & Culture
RSS
All content for Befarq Onalar is the property of Qizlar Collective and is served directly from their servers with no modification, redirects, or rehosting. The podcast is not affiliated with or endorsed by Podjoint in any way.
Befarq Onalar - onalar va ayollar uchun ko’mak va yangi bilimlarga boy podkast. Mo’tabar Xushvaqtova va Maftuna Burkhanova o’zlari kabi qiziquvchan va ona bo’lgan tajribali mutaxassislar bilan suhbat olib boradilar. Loyihaning asosiy maqsadi — onalik yo’lida birlashib, bu yo’lni to’g’ri va osonroq bosib o’tishda ko’maklashish. Instagram: @befaqr_onalar Hamkor bo’lish uchun : qizlar@protonmail.com Qo’llab quvvatlayotgan: Qizlar Collective Musiqa bastalagan: Amalia Ijodkor dizayner: Sofiya Seytkhalil
Show more...
Society & Culture
Episodes (18/18)
Befarq Onalar
Nusrat Valiyev: Sport – bolalar salomatligi asosi
Podkastimizda yangi mehmon sport faxriysi, dzyudo sport murabbiysi Nusrat Valiyev bo’ladilar. Ular bilan, sport hayotida bosib o’tgan yo’llari va murabbiylik faoliyatlari haqida suhbatlashdik. Suhbat davomida mehmonimiz: bolalar sport bilan shug’ullanishi nega muhim; sport bilan shug’ullanish nafaqat jismoniy, balki ruhiy tetiklik beradi; dzyudo sport turi haqida; dzyudoning falsafasi va boshqa sport turlaridan farqi; sport sog’lom kelajak uchun ilk qadam; Shu va boshqa foydali maslahatlar bilan bo’lishdilar Muallif va boshlovchi: Maftuna Burkhanova Mehmon: dzyudo sport murabbiysi, sport faxriysi Nusrat Valiyev Qo’llab quvvatlayotgan: Qizlar Collective Ijodkor dizayner: Sofiya Seytkhalil Musiqa bastalagan: Amalia Podkastimizning ushbu sonini YouTube-da tomosha qilishingiz mumkin.
Show more...
7 months ago
52 minutes

Befarq Onalar
Ismatov Botir Turabaevich: Bolalarda yurak porok kasalligi
Bugungi mehmonimiz bolalar yurak kasalliklari bo’yicha oliy toyifali shifokor kardiolog Botir Ismatovich. Suhbat davomida - bolalarda yurak porogini erta aniqlash - homiladorlik davomida tekshiruvlardan o’tish - yurak kasalliklari va horij tajribasi - shifokrdan yurak porogi bilan hastalangan bolalarga va ularning ota-onalariga maslahatlar Informatsiyaga boy va muhim podkast bo’lganiga ishonamiz albatta tamosha qiling va boshqalar bilan bo’lishing. Muallif va boshlovchi: Maftuna Burkhanova Mehmon: Ismatov Botir Turabaevich (bolalar kardiologi) Ijodkor dizayner: Sofiya Seytkhalil Qo’llab quvvatlayotgan: Qizlar Collective Musiqa bastalagan: Amalia Podkastimizning ushbu sonini YouTube-da tomosha qilishingiz mumkin.
Show more...
8 months ago
42 minutes

Befarq Onalar
Charos Kamalova: Karyera va oila
Hozirgi kunda dolzarb mavzulardan biri ayollarning hayotida karyera va oilani balansda olib borishdir. Bizning bugungi mehmonimiz esa barchaga birdek sevimli bo'lgan Charos Kamalova Hobbidan biznesgacha bo’lgan yo’l haqida — Charos o'zining qiziqishlarini qanday qilib kasbga aylantirganini va bu jarayonda qanday qiyinchiliklar bilan yuzma-yuz kelganini o'rtoqlashadi. Farzandlaringiz bilan iliq va ishonchga asoslangan munosabatlar qurish — u o'z tajribalaridan kelib chiqib, farzandlar bilan qanday ravishda sog'lom va ishonchli aloqalar o'rnatish mumkinligini aytib beradi. Har bir olgan bilmingiz hayot davomida albatta as qotishi — Charos bilimning ahamiyatiga alohida urg'u beradi va o'rganish jarayonining hayotimizdagi rolini ta'kidlaydi. Barcha orzuqib kutadigan Teplo festivali to’g’risida — u bu festival haqida batafsil ma'lumot berib, uning ta'siri va ko'proq insonga xizmat qiladigan maqsadlarini bayon qiladi. Ko’plab sizni qiziqtirgan mavzularda bo’lib o’tgan suhbatni tinglang va tamosha qiling — sog'lom muhokamalar va qiziqarli fikrlar bilan boyitilgan podkastimizni sizga taklif etamiz. Muallif va boshlovchilar: Mo'tabar Xushvaqtova va Maftuna Burkhanova Mehmon: Charos Kamalova Ijodkor dizayner: Sofiya Seytkhalil Qo’llab quvvatlayotgan: Qizlar Collective Musiqa bastalagan: Amalia
Show more...
9 months ago
1 hour 9 minutes

Befarq Onalar
Munis Nur: Bolalarda san’atga bo’lgan muhabbat
San’at hayotimizming juda muhim qismi bo’lib, qay bir yo’nalishida ijod qilinmasin fikrlash, fantaziya va kreativlikni oshiradi. Bolalarni kichik yoshlaridan san’at bilan tanishtirish ularning kelajakdagi barcha sohalarda o’z o’rnini topishga, masalalarga turli burchakdan turib baho berishga, hayotni turli va yorqin ranglarda ko’rishga o’rgatadi. Bugungi, sizga taqdim etiladigan sonda 1) bolalarda san’atga bo’lgan qiziqishni oshirish 2) bo’yoqlar bola rivojlanishiga ta’siri 3) san’at stressdan halos bo’lishiga yordam berishi 4) san’at bilan shug’ullagan bolaning dunyoqarashi Shu kabi qiziq mavzularda suhbatni tamosha qiling. Muallif va boshlovchilar: Mo'tabar Xushvaqtova va Maftuna Burkhanova Mehmon: Munis Nur Ijodkor dizayner: Sofiya Seytkhalil Qo’llab quvvatlayotgan: Qizlar Collective Musiqa bastalagan: Amalia Podkastimizning ushbu sonini YouTube-da tomosha qilishingiz mumkin. Tomosha qiling, tinglang, obuna bo‘ling, izohlar qoldiring va layk bosing!
Show more...
11 months ago
1 hour 10 minutes

Befarq Onalar
Dilfuza Kurolova: Ayol va huquq
Siz o’z huquqlaringizni bilasizmi? Uzoq kutilgan "Befarq onalar" podkastining yangi soni Ayol va uning huquqlariga bag’ishlangan. Bizning mehmonimiz inson huquqlari bo’yicha mutaxassis va yurist Dilfuza Kurolova bo‘ldi. Ushbu son davomida biz quyidagi mavzularda suhbatlashdik: • Onalik • Inson huquqlari • Qonunlardagi o’zgarishlar va boshqa dolzarb masalalar Muallif va boshlovchilar: Mo'tabar Xushvaqtova va Maftuna Burkhanova Mehmon: Dilfuza Kurolova Ijodkor dizayner: Sofiya Seytkhalil Qo’llab quvvatlayotgan: Qizlar Collective Musiqa bastalagan: Amalia Podkastimizning ushbu sonini YouTube-da tomosha qilishingiz mumkin. Tamosha qiling, tinglang, obuna bo’ling, izohlar qoldiring va layk bosing.
Show more...
1 year ago
1 hour 8 minutes

Befarq Onalar
Madina Muminova: Bolalar va kitob
Sizni uzoq kuttirmagan holda, yangi mavsumning ilk mehmoni Madina Muminova bilan bo‘lib o‘tgan maroqli hamda sermazmun suhbatni taqdim etishga tayyormiz. Serqirra ijodkor, rejissyor, yozuvchi, iste’dodli ssenarist va ekologiya mavzusidagi kitoblar to‘plami muallifi Madina Muminova sizga ❣️ bolalarda kitobga mehrni oshirish, ❣️ farzand tarbiyasidagi asosiy tamoyillar, ❣️ ijod va bolalarda ilmga bo‘lgan qiziqishni uyg‘ota bilish haqida o‘z tajribalaridan kelib chiqqan holda foydali ma’lumotlarni ulashadilar. Siz o‘zingizni qiziqtirgan ko‘plab savollarga javob topibgina qolmay, ijodkorning hayot yo‘llari haqida qiziqarli faktlarni ham bilib olishga muvaffaq bo‘lasiz. 🌱 Muallif va boshlovchilar: Mo'tabar Xushvaqtova va Maftuna Burkhanova 🌱 Mehmon: Madina Muminova Ijodkor dizayner: Sofiya Seytkhalil Qo’llab quvvatlayotgan: Qizlar Collective Musiqa bastalagan: Amalia Podkastimizning ushbu sonini YouTube da tamosha qilishingiz mumkin. Tamosha qiling, tinglang, obuna bo’ling, izohlar qoldiring va layk bosing.
Show more...
1 year ago
1 hour 39 minutes

Befarq Onalar
Lor shifokor bilan suhbat
Bugun sizning e’tiboringizga lor shifokor Nilufar Usmanova bilan bo’lib o’tgan suhbatni taqdim etamiz. Barcha ota onalarni qiynab kelayotgan quloq, tomoq va burun kasalliklari farzandlarimizning ilk kunlaridanoq bizni havotrga solib turuvchi masalalardan ekani sir emas. Bugun biz ba’zi bir miflarga shifokor fikrini tinglabgina qolmay, barcha savollarga javob topishingizga umid qilamiz. - Tomoq sovuqdan og’riydimi? - Tomoq burun kasalliklarida iqlimning o’rni - Nega bizda burun bilan bog’liq jarroxlik amaliyotlari ko’p kuzatiladi - Qanday profilaktik ishlar kasalliklardan saqlaydi va ko’plab baxs va munozaralarga boy mavzularni yoritib berishga harakat qildik Muallif va boshlovchilar: Mo'tabar Xushvaqtova va Maftuna Burkhanova Mehmon: Nilufar Abdusaidovna Ijodkor dizayner: Sofiya Seytkhalil Qo’llab quvvatlayotgan: Qizlar Collective Musiqa bastalagan: Amalia Podkastimizning ushbu sonini YouTube da tamosha qilishingiz mumkin.
Show more...
1 year ago
55 minutes

Befarq Onalar
Jinsiy tarbiya
Ushbu sonda barchamiz uchun juda muhim bo’lgan mavzu, jinsiy tarbiya haqida suhbatlashdik. Har bir ota-ona farzandlari xavfsizligi, jismomiy va psixologik sog’lig’i haqida qayg’uradi. Ular bilan vaqtida qilingan suhbatlar va o’zaro ishonch bolalarni tashqi ta’sirlardan himoya qilishi hech kimga sir emas - jinsiy tarbiya qachondan boshlanadi? - bu mavzu haqida kim tushuncha berishi kerak? - ichki kiyim qoydasi nima degani? - bolalarni shaxsiy chegaralarini o’rgatish Boshqa ko’plab muammo va maslalarga psixolog va ekspert tomonidan fikrlar bildirilib, sizni befarq qoldirmasligi aniq Muallif va boshlovchilar: Mo'tabar Xushvaqtova va Maftuna Burkhanova Mehmon: Rozaliya Gabdulhakova Ijodkor dizayner: Sofiya Seytkhalil Qo’llab quvvatlayotgan: Qizlar Collective Musiqa bastalagan: Amalia Podkastimizning ushbu sonini YouTube da tamosha qilishingiz mumkin.
Show more...
1 year ago
1 hour 4 minutes

Befarq Onalar
Multfilmlarsiz ovqatlanamiz
Befarq onalar podkastining kutilgan sonlaridan biri, “Multiklarsiz ovqatlanimiz” mavzusiga bag’ishlangan bo’lib, biz juda dolzarb bo’lgan savollarga to’xtaldik. - Nega bolalarga ovqatlanish paytida multfilmlar qo’yib berish taqiqlanadi? - Ovqatlanishi izidan chiqqan bolalar bilan qanday ishlash kerak? - Shirinliklar berish qanchalik to’g’ri? - O’yin tariqasida ovqatlantirish mumkinmi? Ko’plab shu kabi masalalarga to’xtalib, ko’pchilik uchun informativ bo’lgan podkastni taqdim etamiz. Muallif va boshlovchilar: Mo'tabar Xushvaqtova va Maftuna Burkhanova Mehmon: Ziyoda Xojayeva Ijodkor dizayner: Sofiya Seytkhalil Qo’llab quvvatlayotgan: Qizlar Collective Musiqa bastalagan: Amalia
Show more...
1 year ago
1 hour 7 minutes

Befarq Onalar
Ginekolog bilan suhbat
Befarq onalar podkastining bu sonida genekolog mutahassisini taklif qilib qilib obunachilarimiz uchun qiziq bo’lgan quyidagi mavzularda suhbat qildik: - homiladorlikka qanday tayyorgarlik ko’rish kerak? - homiladorlik davrida qilinishi kerak va kerakmas bo’lgan holatlar haqida; - homiladorlik davridagi har birimiz duch keladigan miflar haqida; hamda yana ko’plab foydali ma’lumotlar bilan bo’lishdik. Muallif va boshlovchilar: Mo'tabar Xushvaqtova va Maftuna Burkhanova Mehmon: Yuldasheva Nargiza Ijodkor dizayner: Sofiya Seytkhalil Qo’llab quvvatlayotgan: Qizlar Collective Musiqa bastalagan: Amalia Podkastimizning ushbu sonini YouTube da tamosha qilishingiz mumkin. Tomosha qiling, tinglang, obuna bo’ling, izohlar qoldiring va layk bosing.
Show more...
1 year ago
57 minutes

Befarq Onalar
Tug'ruqdan keyingi depressiya
Befarq onalar podkastining bugungi soni Tug’ruqdan keyingi depressiyaga atalgan bo’lib, nafaqat onalar balki atrofingizda yaqinda ona bo’lgan tanishlari borlarga ham juda foydali bo’lishiga ishonamiz - depressiya qanchalik jiddiy bo’lishi mumkin - depressiyaga tushgan ayolga qanday yordam berish kerak - nega tushkunlikdagi onaning holatini qadrsizlantirish mumkin emas - depressiya saratondan ham og’irmi? Va boshqa ko’plab foydali ma’lumotlar bilan bo’lishdik. Muallif va boshlovchilar: Mo'tabar Xushvaqtova va Maftuna Burkhanova Mehmon: @saodat_psy Ijodkor dizayner: Sofiya Seytkhalil Qo’llab quvvatlayotgan: Qizlar Collective Musiqa bastalagan: Amalia Podkastimizning ushbu sonini YouTube da tamosha qilishingiz mumkin. Tomosha qiling, tinglang, obuna bo’ling, izohlar qoldiring va layk bosing.
Show more...
1 year ago
1 hour 6 minutes

Befarq Onalar
Nutq kechikishi
Podkastimizning bugungi, sizga taqdim etilayotgan sonida Bolalardagi nutq kechikishi to’g’risida suhbat olib boramiz. - nima sabablardan nutq kechikadi - qachon shifokor ko’rigiga borish tavsiya qilinadi - qanday belgilar norma yoki norma emas - nutqni rivojlantirish uchun qaysi metodlardan foydalanish kerak Va boshqa ko’plab foydali ma’lumotlar bilan bo’lishdik. Muallif va boshlovchilar: Mo'tabar Xushvaqtova va Maftuna Burkhanova Mehmon: Maxbuba Karshibayevna Ijodkor dizayner: Sofiya Seytkhalil Qo’llab quvvatlayotgan: Qizlar Collective Musiqa bastalagan: Amalia Podkastimizning ushbu sonini YouTube da tamosha qilishingiz mumkin. Tomosha qiling, tinglang, obuna bo’ling, izohlar qoldiring va layk bosing.
Show more...
1 year ago
51 minutes

Befarq Onalar
Isterika
Befarq onalar podkastining ushbu soni bolalardagi isterikaga bag’ishlandi. Sizning sevimli blogerlaringizdan biri, o’zining tog’riso’z va samimiyligi bilan mehr qozongan Sitora Isakova bizning mehmonimiz. ⁃ isterika o’zi qanday sodir bo’ladi? ⁃ bola manipulyatsiya qila oladimi? ⁃ bunday holatlarda kattalar qanday yordam berishi to’g’ri bo’ladi? ⁃ onalarga ham psixologik yordam kerakmi? Shu kabi savollarga javob topasiz. Bu son juda qiziq, hazillarga boy podkast bo’ldi. O’z fikrlaringiz bilan albatta bo’lishing. Muallif va boshlovchilar: Mo'tabar Xushvaqtova va Maftuna Burkhanova Mehmon: Sitora Isakova Ijodkor dizayner: Sofiya Seytkhalil Qo’llab quvvatlayotgan: Qizlar Collective Musiqa bastalagan: Amalia Podkastimizning ushbu sonini YouTube da tamosha qilishingiz mumkin. Tamosha qiling, tinglang, obuna bo’ling, izohlar qoldiring va layk bosing.
Show more...
1 year ago
1 hour 15 minutes

Befarq Onalar
Ayollarga minnatdorchilik
Aziz ayollar, Befarq onalar jamoasi sizlarni bayram bilan tabriklaydi. Ushbu bayramda sizga mustahkam sog’liq, ishlaringizda rivoj, ko’zlaringiz baxtdan doim chaqnab turishini, qalbingiz esa mehr-muhabbatga to’la bo’lishini tilab qolamiz. Har birimiz, ona, opa-singil, kelin, ayol hamkasb va eng avvalo bir birmizga do’stmiz. Biz ayollar bir-birimizni doim qo’llab-quvvatlashimiz juda muhim, zero ayolni ayoldan yaxshiroq hech kim tushunmaydi. Bayramni a’lo kayfiyatda, yorqin xotiralarga boy tarzda nishonlashingizni tilab qolamiz. Bayramingiz muborak, muqaddas ayol❤️ Muallif va boshlovchilar: Mo'tabar Xushvaqtova va Maftuna Burkhanova Dizayner: Sofiya Seytkhalil Illyustrator: Natasha Panyuta
Show more...
1 year ago
32 minutes

Befarq Onalar
Ona suti. Tabiiy parvarish.
Eng katta qiziqish bilan kutilgan sonlarimizdan biri “Ona suti va tabiiy parvarish” Mehmonimiz tajribali shifokor-laktolog Nafisa Sabirovna, ona suti tog’risida barcha ma’lumotlar bilan bo’lishibgina qolmay ba’zi miflarga ham oydinlik kiritdilar. Bu sonda biz: ⁃ ona suti va uning foydasi ⁃ ona suti bilan ozuqlantirishning onaga foydasi ⁃ ona suti zarar bo’lishi mumkinmi? ⁃ chaqaloqlarni birinchi kunlardan qanday parvarish qilish kerak? ⁃ qo’shimcha ovqat berish nega ko’paymoqda? ⁃ qanday hollarda ona suti taqiqlangan shu kabi ko’plqb savollarga javob topishga harakat qildik. Muallif va boshlovchilar: Mo'tabar Xushvaqtova va Maftuna Burkhanova Mehmon: Nafisa Sabirovna Ijodkor dizayner: Sofiya Seytkhalil Podkastimizning ushbu sonini YouTube da tamosha qilishingiz mumkin.
Show more...
1 year ago
1 hour 20 minutes

Befarq Onalar
Ona va bolaning sog’lom uyqusi
Befarq onalar ning bugungi soni “Ona va bolaning sog’lom uyqusi” ga bag’ishlangan bo’lib, mehnonimiz bolalar uyqusi bo’yicha ekspert Parizod Bekirova bilan suhbat YouTube va boshqa platformalarda siz uchun tayyor. Ushbu sonida biz: ⁃ bolalarning uyqu rejimi; ⁃ uyqudagi o’zgalishlar (regresslar); ⁃ bolalar uyqusi uning rivojlanishiga ta’siri; ⁃ tavsiya etilmaydigan uyqu preparatlari; kabi ko’plab uyqu sirlari haqida ma’lumot almashibgina qolmay, boshqa qiziq savollarga javob topdik. Albatta o’z fikrlaringizni qoldiring! Muallif va boshlovchilar: Mo'tabar Xushvaqtova va Maftuna Burkhanova Mehmon: Parizod Bekirova Ijodkor dizayner: Sofiya Seytkhalil Podkastimizning ushbu sonini YouTube da tamosha qilishingiz mumkin.
Show more...
1 year ago
1 hour 5 minutes

Befarq Onalar
Bog’chaga adaptatsiya. Yumshoq tarbiya
Hozirda eng dolzarb mavzulardan biri bolalar bog’chasi bo’lib, u ko’plab ota-onalarni qiynab kelmoqda. Shuningdek, katta bahs va munozalarga sabab bo’layotgan yumshoq tarbiya haqida suhbatni taqdim etamiz. -Qanday bog’cha tanlash kerak? -Farzandimiz kelajagiga bog’chalar qanday ta’sir qiladi? -Bog’cha tanlashda nimalarga e’tibor qaratish lozim? -Bolaga yumshoq tarbiya kerakmi yoki qattiq qo’llik? Har bir ona va bola individual, o’zingizga ishoning, siz eng yaxshi onasiz❤️ Biz sizlar bilan o’z bilim va tajribalarimizni bo’lishishdan to’xtamaymiz. Muallif va boshlovchilar: Mo'tabar Xushvaqtova va Maftuna Burkhanova Mehmon: Gulshoda Ashuralieva Qo’llab quvvatlayotgan: Qizlar Collective Musiqa bastalagan: Amalia Ijodkor dizayner: Sofiya Seytkhalil
Show more...
1 year ago
1 hour 21 minutes

Befarq Onalar
BLW. Ovqatlanishning bolalar sog’lig’iga ta’siri.
Birinchi ko’rsatuvimizni bolalar ovqatlanishiga bag’ishlashni xohladik. Oramizda juda ko’p onalarni aynan taomlanishdagi muammolar, shirinlikka o’rganib qolish, umuman bolaga qaysi yoshda qanday mahsulot berish kabi mavzular ikkilantiradi va izlanishga undaydi. Ko’rsatuvda quyidagi masalalarga o’z e’tiborimizni qaratdik: - tog’ri ovqatlanish bolalar sog’lig’iga qanchqlik ta’sir qiladi? - bolalar nechi oyligidan mahsulotlar bilan tanishishi kerak? - bolalarga qanday ratsion tuzish kerak? - qanday mahsulotlar bolaning sog’lig’iga xavf soladi? Shu kabi savollarga javob topibgina qolmay, qiziqarli tajribalar bilan ham tanishasiz. Muallif va boshlovchilar: Mo'tabar Xushvaqtova va Maftuna Burkhanova Mehmon: Kamola Kayumova Qo’llab quvvatlayotgan: Qizlar Collective Musiqa bastalagan: Amalia Ijodkor dizayner: Sofiya Seytkhalil
Show more...
1 year ago
1 hour 22 minutes

Befarq Onalar
Befarq Onalar - onalar va ayollar uchun ko’mak va yangi bilimlarga boy podkast. Mo’tabar Xushvaqtova va Maftuna Burkhanova o’zlari kabi qiziquvchan va ona bo’lgan tajribali mutaxassislar bilan suhbat olib boradilar. Loyihaning asosiy maqsadi — onalik yo’lida birlashib, bu yo’lni to’g’ri va osonroq bosib o’tishda ko’maklashish. Instagram: @befaqr_onalar Hamkor bo’lish uchun : qizlar@protonmail.com Qo’llab quvvatlayotgan: Qizlar Collective Musiqa bastalagan: Amalia Ijodkor dizayner: Sofiya Seytkhalil